Markaz hisobini (login va parol) kiriting. Hisobni dastur egasi (admin) beradi.
Rahbar QR kodni o'z kompyuterida, Sozlama bo'limida ko'rsatadi. Telefon kamerasi bilan skanerlasangiz, bu sahifa o'zi ochiladi.
Titul TekshiruvchiTitul varaqlarni telefon kamerasi bilan tekshirish dasturi. Hisob olish uchun yoki savol bo'lsa, adminga yozing.
Varaqda test kodi belgilangan bo'lsa, test o'zi tanlanadi. Kodsiz varaqlar shu tanlangan test bo'yicha tekshiriladi.
Varaq har doim bir xil. Test qisqaroq bo'lsa, qolgan doirachalar bo'sh qoladi va hisobga olinmaydi.
Ballar: 1-30 savol 1,1; 31-60 savol 3,1; 61-90 savol 2,1. Natijada fanlar bo'yicha ball ham ko'rsatiladi.
Savollar 1 dan ketma-ket sanaladi. Har fan uchun faqat oxirgi savol raqamini yozing (masalan, Matematika 20, Fizika 40). Natija kartasida va Excelda har fandan nechta to'g'ri yechilgani ko'rinadi.
Savollarni Word (.docx) faylga yozing. Har savol # bilan boshlanadi, A) B) C) D) variantlari yoziladi, to'g'ri javob oldiga + qo'yiladi. Sayt savollar va javoblar o'rnini aralashtirib, variantlarni va kalitlarni o'zi tuzadi.
Variantlar bir qatorda ham bo'ladi: A) 9 B) 15 +C) 17 D) 21. "Yuqoridagilarning hech biri" kabi variantlar oxirgi o'rinda qoladi.
Har fan uchun nom va oxirgi savol raqamini yozing (masalan, Matematika 20, Fizika 40), so'ng shu fan Word faylini yuklang. Faylda savol ko'p bo'lsa, kerakli soni tasodifiy tanlanadi.
Har fan va blok uchun alohida Word fayl yuklang (fan nomini ham yozing). Savollar fayllardagi tartibda 1 dan 90 gacha ketadi. Faylda savol ko'p bo'lsa, kerakli soni (10, 10, 10, 30, 30) har variantga tasodifiy tanlanadi. Yoki yuqoridagi tugma bilan 90 savolli bitta fayl yuklang.
Yaratilgan variantlar va kalitlar yangi test sifatida saqlanadi. Variant fayllari (zip) hozirning o'zida yuklab olinadi. Sahifa yopilsa, qayta aralashtirilsa tartib boshqacha bo'ladi.
Kerakli variantni tanlang va uning kalitini kiriting. Talaba varaqda variantini belgilaydi, sayt kalitni o'zi tanlaydi. Bitta variant bo'lsa, faqat A ni to'ldiring.
Talaba varaqqa 7 xonali ID yozadi, sayt ID bo'yicha ismini topadi. Ro'yxat barcha testlar uchun umumiy.
Har qator: ID, Ism Familiya, Guruh (vergul, nuqtali vergul yoki Tab bilan). ID yozilmagan qatorga yangi ID avtomatik beriladi. 7 raqamdan qisqa ID oldiga nol qo'shiladi.
Natijalar shu qurilmada saqlanadi, hisobga ulangan bo'lsa boshqa qurilmalarda ham ko'rinadi. Excel fayl eng yuqori ball olgan o'quvchidan boshlab tartiblangan reytingni beradi. Kalit o'zgarsa, ballar o'zi qayta hisoblanadi.
Belgilar och bo'lsa yoki varaq o'qilmasa, sezgirlikni oshiring.
Uzilgach, shu telefonda qayta ishlash uchun rahbardan yangi QR so'rang.
Kunduzi yorug', kechqurun to'q rejim qulay. «Avto» telefon sozlamasiga qarab o'zi tanlaydi.
Markaz nomi va logotipi natija kartasida (rasm va PDF) va Excel sarlavhasida chiqadi. Barcha qurilmalaringizda bir xil bo'ladi.
Kompyuter, telefon va boshqa o'qituvchilar bir xil ro'yxat, test, kalit va natijalarni ko'rishi uchun. Buning uchun bulutli baza kerak (Firebase, tekin). Bazani bir marta sozlaysiz.
100% masshtabda (Fit/Shrink o'chirilgan) chop eting. Qora-oq printer yetarli. Burchakdagi kvadratlar va yuqori chapdagi qora chiziqqa hech narsa yozmang. Varaqda «TEST KODI» bloki bor: o'quvchi kitobchadagi 3 xonali kodni belgilaydi, ilova testni o'zi topadi.
2 talik variant albom (gorizontal) A4 varaqda ikkita kichikroq (A5 hajmida) varaq chiqaradi. Chop etgach o'rtadagi chiziq bo'ylab kesiladi. Printer sozlamasida "Actual size / 100%" ni tanlang. Kichik varaqni suratga olishda ham to'liq kadrga sig'dirib oling.
Savol yoki taklif bo'lsa, dastur egasiga Telegram orqali yozing.
QR kodni kadrga to'g'rilang